Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Tottenxem» ham Gonsalu Ramush uchun kurashga qo‘shildi

«Tottenxem» ham Gonsalu Ramush uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen» hujumchisi Gonsalu Ramush Angliyaga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchiga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda, shuningdek, da’vogarlar qatorida «Nyukasl» va «Chelsi» klublari ham tilga olingan. Insayder Ekrem Konurning ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining transfer uchun ochiqligi haqida «Tottenxem» ham xabardor qilingan. Hujumchi asosiy tarkibda muntazam maydonga tushishni istagani sababli, kelayotgan yozda «PSJ»ni tark etishga tayyor.

Transfermarkt portalining baholashiga ko‘ra, Gonsalu Ramushning bozor qiymati 35 mln yevroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi Luis Enrike jamoasi safida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va ikkita samarali uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:00, 02.04.2026.
O'qildi: 622 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик