Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida: U N’Golo Kantega nisbatan hurmatsizlik qildimi? (+Video)

Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlar ostida: U N’Golo Kantega nisbatan hurmatsizlik qildimi? (+Video)

Baho:
+ | -1

Hujumchi Kilian Mbappe keskin tanqidlarga duch keldi. Fransiya terma jamoasining yulduz futbolchisi yarim himoyachi N’Golo Kantega nisbatan qilgan ishi uchun ijtimoiy tarmoqlarda muxlislar tomonidan keskin qoralanmoqda.

Kolumbiyaga qarshi kechgan uchrashuvning 78-daqiqasida zaxiradan maydonga tushayotgan Mbappe ishora orqali Rayan Sherkidan sardorlik bog‘ichini Kantedan olib berishni so‘ragan. Sherki Kilianning ko‘rsatmasini bajarib, bog‘ichni unga olib kelib bergan.

Muxlislarning fikricha, Mbappe Kantega o‘yinni sardor sifatida yakunlashiga imkon berishi kerak edi. Boisi, N’Golo o‘sha kuni o‘z tug‘ilgan kunida — 35 yoshga to‘lgan kunida «uch ranglilar»ni maydonga sardor sifatida boshlab tushgan edi.

O‘tgan haftada Fransiya terma jamoasi Kolumbiyani 3:1 hisobida mag‘lub etgandi. Mbappening sardorlik bog‘ichi borasidagi ko‘rsatmasi bilan bog‘liq epizod esa endi muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Kiritildi: 22:25, 02.04.2026.
O'qildi: 2489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик