Kirish Ro'yxatdan o'tish

Ayollar o‘rtasidagi YECHL. «Barselona» «Real»ni sharmandali tarzda turnirdan chiqarib yubordi (Videosharh)

Ayollar o‘rtasidagi YECHL. «Barselona» «Real»ni sharmandali tarzda turnirdan chiqarib yubordi (Videosharh)

Baho:
+1 | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ayollar o‘rtasidagi Chempionlar ligasining 1/4 final javob uchrashuvida «Barselona» va Madridning «Real» jamoalari bahs olib borishdi. Barselonadagi «Spotify Kamp Nou» stadionida o‘tgan uchrashuv kataloniyaliklarning 6:0 hisobidagi zafari bilan tugadi.

O‘yinda hisobni 8-daqiqada «Barselona» yarim himoyachisi Aleksiya Putelyas ochdi. 15-daqiqada hujumchi Karolina Grem Xansen «ko‘k-anorranglilar»ning ustunligini oshirdi. 27-daqiqada Iren Paredes hisobni yirik ko‘rinishga keltirgan bo‘lsa, 34-daqiqada hujumchi Eva Payor to‘rtinchi golni urdi. Ikkinchi bo‘limning 55-daqiqasida Grem Xansen dublni rasmiylashtirdi, 74-daqiqada esa Esme Brugts yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:0.

Birinchi uchrashuvda ham «Barselona» 6:2 hisobida g‘alaba qozongan edi (umumiy hisob — 12:2). Shu tariqa, «Real» turnir bilan xayrlashdi, «Barselona» esa yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 05:33, 03.04.2026.
O'qildi: 12428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик