Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/09 19:00 OKMK 1-0 Xorazm
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor - Surxon
04/09 19:00 Navbahor - Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf - Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor - Andijon
05/09 00:00 Betis - Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich - Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl - Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 - Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona - Mash’al
05/09 19:00 Brentford - Sanderlend
05/09 19:00 Brayton - Lids
05/09 19:00 Fulhem - Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti - Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest - Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao - Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum - Buxoro
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo

«Lion» va «Botafogo» o‘rtasidagi transfer mojarosi FIFAgacha yetib bordi

«Lion» va «Botafogo» o‘rtasidagi transfer mojarosi FIFAgacha yetib bordi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Fransiyaning «Lion» klubi Braziliyaning «Botafogo» jamoasida to‘p surayotgan futbolchi Jeffinyoning transferi uchun o‘z pullarini talab qilmoqda. L’Equipe nashrining xabar berishicha, fransuz klubi rahbariyati allaqachon FIFAga tegishli shikoyat arizasini topshirgan.

Futbolchi 2023 yilda «Lion» tomonidan 10 million yevroga sotib olingan edi, keyinchalik u yana «Botafogo»ga 5,3 million yevro evaziga sotilgan. Biroq Braziliya tomoni belgilangan mablag‘ni hanuzgacha o‘tkazib bermagan. Buning sababi esa klublarning sobiq egasi Jon Tekstor bilan bog‘liq.

Tekstor bir vaqtning o‘zida bir nechta klublarni — «Lion», «Botafogo» va «Molenbek»ni boshqargan. Uning rejasiga ko‘ra, klublar uchun «umumiy kassa» tizimi yaratilishi va unda mablag‘lar vaziyatga qarab bir jamoadan ikkinchisiga erkin o‘tkazilishi kerak edi.

Yakunda «Lion» ustidan nazorat boshqa kompaniya ixtiyoriga o‘tdi va klubning yangi rahbariyati mavjud moliyaviy muammolarni, jumladan, amalga oshirilmagan transfer to‘lovlarini o‘rganishni boshladi.

Kiritildi: 05:35, 03.04.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик