Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al - Buxoro
27/04 19:00 OKMK - Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Krishtianu Ronaldu safga qaytdi

Krishtianu Ronaldu safga qaytdi

Baho:
+ | -

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi, 41 yoshli Krishtianu Ronaldu son orqa qismidagi jarohatidan to‘liq sog‘aydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano va Marca nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi 28 fevral kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al-Fayha»ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat olgan va uchrashuv so‘nggi daqiqalarida maydonni tark etishga majbur bo‘lgan edi.

Reabilitasiya kursini o‘tash uchun Ronaldu Madridga yo‘l oldi va u yerda shaxsiy fizioterapevti bilan ishladi. Jarohat sababli u «An-Nasr»ning bir nechta chempionat o‘yinlarini o‘tkazib yubordi, shuningdek Portugaliya terma jamoasining Meksika va AQSHga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun qaydnomaga kiritilmadi.

Endi Ronaldu nafaqat «An-Nasr»ga chempionlik uchun kurashda yordam berishga, balki AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etishga ham tayyor. Portugaliya terma jamoasi K guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, unda Kongo DR, O‘zbekiston va Kolumbiya jamoalari ham bor.

Joriy mavsumda Ronaldu Saudiya Pro-ligasida 22 o‘yinda 21 ta gol urgan. Umuman olganda, u faoliyati davomida 965 ta gol muallifi bo‘lgan va 1000 ta gollik rekord ko‘rsatkichga yaqinlashishda davom etmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 06:13, 03.04.2026.
O'qildi: 1355 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик