Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Arsenal" Jezusning o‘rniga "Real" hujumchisini olib kelmoqchi

"Arsenal" Jezusning o‘rniga "Real" hujumchisini olib kelmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Londonning «Arsenal» klubi qiziqishlari doirasiga tushdi.

Sportsboom nashrining xabar berishicha, «kanonirlar» kelayotgan yozda Gabriel Jezusni 25 million yevro evaziga sotishga tayyor. Ingliz grandi rahbariyati braziliyalik futbolchining o‘rniga «Real»da doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Garsiyani taklif etishi mumkin. Ispaniyalik hujumchiga shuningdek, «Nyukasl» ham da’vogarlik qilmoqda, biroq «qarg‘alar»ning faolligi Nik Voltemade bilan xayrlashish-xayrlashmasliklariga bog‘liq bo‘ladi.

Transfermarkt portalida Gonsalo Garsiyaning taxminiy qiymati 30 million yevroni tashkil etadi, uning «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda 22 yoshli forvard «qaymoqranglilar» safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:23, 03.04.2026.
O'qildi: 1626 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик