«Liverpul»ning sobiq futbolchisi Adam Lallana Roberto de Dzerbining «Tottenxem»ni inqirozdan olib chiqib ketishiga zarracha shubha qilmayapti.
«Biz muloqotni boshlaganimizdan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas, u meni o‘ziga ishontira oldi. Men o‘sha zahotiyoq unga ishonishga va uning qo‘l ostida o‘ynashga tayyor edim. De Dzerbi — juda aqlli va ziyoli inson», — deya Adam Lallananing so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda derbyderbyderby.it.
Hozirda Londonning «Tottenxem» klubi Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida atigi 17-o‘rinni egallab turibdi.













