Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Messi Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida driblinglar bo‘yicha hamon yetakchi

Messi Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida driblinglar bo‘yicha hamon yetakchi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Lionel Messi Yevropani tark etganiga qariyb uch yil bo‘lgan bo‘lsa-da, u hamon 2017/18 yilgi mavsum boshidan buyon kuchli beshlik chempionatlarida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli aldamchi harakatlar (driblinglar) soni bo‘yicha peshqadamlik qilmoqda.

Squawka nashrining qayd etishicha, argentinalik yulduz ko‘rsatilgan davr mobaynida raqiblarini 826 bor aldab o‘tgan — hozirgacha hech kim bu ko‘rsatkichga yaqinlasha olgani yo‘q. Ikkinchi o‘rinni Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe (684) egallab turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Allan Sen-Maksimen (682) yakunlab bergan.

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2021 yilgacha «Barselona»da to‘p surgan, shundan so‘ng «PSJ»ga o‘tgan edi. 2023 yildan buyon forvard MLSning «Inter Mayami» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Joriy yilning iyun oyida sakkiz karra «Oltin to‘p» sohibi 39 yoshni qarshi oladi.

Kiritildi: 13:30, 03.04.2026.
O'qildi: 614 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик