Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kulibali uchun poyga boshlandi

Kulibali uchun poyga boshlandi

Baho:
+ | -

Germaniyaning «Verder» klubi 18 yoshli markaziy himoyachisi Karim Kulibali bir qator xorijiy klublarning qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.

Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, yosh iste’dod egasi bilan shartnoma imzolash uchun boshlangan poygada Angliyaning «Nyukasl» klubi va yana 5 ta nomi oshkor etilmagan Yevropa klublari ishtirok etmoqda. Futbolchi kelayotgan yozda jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.

Kulibali joriy mavsumda barcha klub musobaqalarida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. U Bundesliga tarixida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bremenliklarning eng yosh futbolchisiga aylandi. Transfermarkt talqiniga ko‘ra, uning bozor qiymati 22 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 18:20, 03.04.2026.
O'qildi: 908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик