«Yuventus» qanot hujumchisi Jeremi Boga Italiya chempionatida mart oyining eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. Bu haqda A Seriya matbuot xizmati turnirning rasmiy saytida xabar berdi.
Ivuarlik forvard sovrin uchun kurashda quyidagi futbolchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi: Kinan Devis («Udineze»), Anastasios Duvikos («Komo»), Jovanni Simeone («Torino»), Evan N'Dika («Roma»), Straxinya Pavlovich («Milan»).
O‘tgan oyda o‘tkazilgan to‘rtta o‘yinda hujumchi 3 ta gol urishga erishdi. Eslatib o‘tamiz, Jeremi Boga 2026 yilning qishidan beri Turin klubida ijara asosida to‘p tepmoqda. Mavsum yakunida 29 yoshli futbolchi «Nissa» klubiga qaytadi.













