Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Yana bir ingliz klubi Gonsalo Ramushga xaridor bo‘lmoqda

Yana bir ingliz klubi Gonsalo Ramushga xaridor bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

«PSJ» markaziy hujumchisi Gonsalo Ramush «Nyukasl» klubining qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «qarg‘alar» bosh murabbiyi Eddi Xau portugaliyalik forvardni o‘z jamoasi tarkibida ko‘rishni istamoqda. «Nyukasl» allaqachon Parij klubi bilan bog‘langan va transfer imkoniyatlarini muhokama qilishni boshlagan.

Shu bilan birga, avvalroq xabar berilganidek, Ramushga «Tottenxem» va «Manchester Yunayted» klublari ham da’vogarlik qilmoqda. Joriy mavsumda 24 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Gonsalo Ramushning bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:50, 03.04.2026.
O'qildi: 811 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик