Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Chema Andres «Real»dagi bosim va akademiya haqida gapirdi

Chema Andres «Real»dagi bosim va akademiya haqida gapirdi

Baho:
+ | -

«Shtutgart» yarim himoyachisi Chema Andres futbolda hatto akademiya darajasida ham Madridning «Real» klubida o‘ynash eng qiyini ekanini aytdi.

"Real"da o‘ynash — futboldagi eng murakkab ish. Ushbu voqelik hamma narsani belgilab beradi: eng zo‘r futbolchilar aynan shu yerga kelishni xohlashadi. Akademiya uchun bu daraja yanada yuqoriroq ko‘tarilgan va bu yerdagi sharoitlar moliyaviy bosim hamda tarkib dinamikasi sababli «Barselona»nikidan tubdan farq qiladi", — deya Andresning so‘zlarini keltirmoqda NY Times.

20 yoshli ispaniyalik futbolchi o‘tgan yozda «Real» akademiyasidan Germaniya klubiga ko‘chib o‘tgan edi. U «Kastilya» (madridliklarning ikkinchi jamoasi) safida 35 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Joriy mavsumda Andres barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.

Kiritildi: 08:03, 04.04.2026.
O'qildi: 675 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик