Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Arteta tanqidlarga qaramay Kepa Arrisabalagani yana asosiy tarkibda maydonga tushiradi

Arteta tanqidlarga qaramay Kepa Arrisabalagani yana asosiy tarkibda maydonga tushiradi

Baho:
+ | -

Bugun, 4 aprel kuni Angliya Kubogi chorak finali doirasida Londonning «Arsenal» klubi «Sautgempton»ga qarshi bahs olib boradi. «To‘pchilar» bosh murabbiyi, garchi Kepa Arrisabalaga joriy mavsumda asosiy darvozabon bo‘lmasa-da, ushbu o‘yinda darvozani unga ishonib topshiradi.

Yaqinda ispaniyalik posbon Angliya liga kubogi finalida «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda (0:2) gol bilan yakunlangan xatoga yo‘l qo‘ygan edi, biroq bu holat londonliklar ustozining qaroriga ta’sir qilmadi.

«U o‘ynashga tayyor. Men hech qachon birgina yo‘l qo‘yilgan xato tufayli futbolchiga baho bermayman yoki qaror qabul qilmayman. U katta tajribaga ega va faoliyati davomida turli vaziyatlarni boshdan kechirgan», — dedi Arteta.

Joriy mavsumda Kepa 10 ta uchrashuvda ishtirok etdi va ularning to‘rttasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 13:12, 04.04.2026.
O'qildi: 511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик