Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

O‘zPFL: Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

O‘zPFL: Tartib-intizom qo‘mitasi qarorlari

Baho:
+ | -

Joriy yilning 1-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur sanagacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida O‘zbekiston Superligasi, U21 chempionati hamda O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

«Qo‘qon-1912» – «Navbahor»

Superliga 4-turi doirasidagi «Qo‘qon-1912» – «Navbahor» bahsi komissari bildirgisiga ko‘ra, «Qo‘qon-1912» futbol klubi uchrashuvni tashkil qilishda ko‘plab kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani, jumladan, stadionda maydon chiziqlari uchrashuv startga 3 soat qolganida chizib tugatilgani, maydon maysasi 3,5–4 santimetr atrofida bo‘lgani, ko‘chma televizion stansiya uchun Superliga reglamentida talab qilingan internet belgilangan tartibda va tezlikda taqdim etilmagani, stadion elektron reklama bannerlari kech yoqilgani, uchrashuv davomida infoteynment dasturi qoniqarsiz ijro etilgani va o‘yin oldidan Countdown’da belgilangan reklama roliklari jamlanmasi faqat bir marotaba namoyish etilgani aniqlandi.

Qaror: O‘zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 73-moddasiga asosan «Qo‘qon-1912» futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

«Navbahor lochinlari» futbol klubi o‘yinoldi mashg‘ulotlarni 3 daqiqa kech yakunlagani, klub vakili Baxtiyor Ismoilov uchrashuv komissari tomonidan ogohlantirilganiga qaramay, futbolchilar mashg‘ulotga kech chiqib kelganini ro‘kach qilib, ularni maydondan o‘z vaqtida chiqarmasligini bildirib, komissar faoliyatiga xalal bergani, natijada «Navbahor lochinlari» futbol klubi o‘yin oldidan tribunaosti tonnelga 3 daqiqa kech chiqqan va ushbu holatlar uchrashuvning 2 daqiqayu 40 soniya kech boshlanishiga sabab bo‘lgani aniqlandi.

Qaror: «Navbahor» klubi vakili Baxtiyor Ismoilovga nisbatan jarima intizom chorasi.

«Qo‘qon-1912» futbol klubi murabbiyi Fevzi Davletov texnik hududda bir necha marotaba uchrashuv rasmiylariga keskin va namoyishkorona e’tiroz bildirgan va bu bilan u Superliga reglamentining 15.29-bandini buzganligi aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 77-moddasiga asosan «Qo‘qon-1912» futbol klubi murabbiyi Fevzi Davletovga jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

«Qo‘qon-1912» – «Navbahor» uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra uchrashuvning 83-daqiqasida «Qo‘qon-1912» futbol klubi futbolchisi Silvanus Nimeli o‘yin vaqtini sun’iy ravishda cho‘zganligi uchun unga sariq kartochka ko‘rsatilgani aniqlandi.

Qaror: Jarima intizom chorasi.


«Qizilqum» – OKMK

Superliga 4-turi doirasidagi «Qizilqum» – OKMK uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko‘ra «Qizilqum» futbol klubi mezbonligida o‘tgan uchrashuvning 82-daqiqasida hamda uchrashuvdan so‘ng «Qizilqum» muxlislari tomonidan maydonga va uning atrofidagi yordamchi hakamlarga yolim idishlar, turli buyumlar uloqtirilgani, ushbu buyumlar maydon atrofidagi shaxslarga tekkani aniqlandi.

Qaror: Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan «Qizilqum» klubiga jarima intizomiy jazosi hamda kelgusi bir uy uchrashuvida stadionning T-20, A, B-2 sektorlariga tomoshabin kiritmaslik jazosi qo‘llansin.

Shuningdek, ushbu o‘yinda «Qizilqum» futbolchilari Shahzod Turopov (55-daqiqa) va Islom Kenjaboyev (78-daqiqa), hamda murabbiy Akmal Rustamov (84-daqiqa) hakam qarorlariga e’tiroz bildirgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: Jarima intizom choralari.


«Xorazm» – «Bunyodkor»

Ushbu o‘yinda «Bunyodkor» futbolchilari Sardor Raxmonov (40-daqiqa) va Federiko Botti (90+1) o‘yin vaqtini sun’iy cho‘zgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: Jarima intizom choralari.


«Buxoro» – «Dinamo»

«Buxoro» futbolchisi Ravshan Xayrullayev (89-daqiqa) o‘yin vaqtini cho‘zgani, «Dinamo» futbolchisi Xislat Xalilov (87-daqiqa) simulyasiya qilgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: Jarima intizom choralari.


«Neftchi» – «Lokomotiv»

«Neftchi» futbolchisi Izzatillo Po‘latov (82-daqiqa) o‘yin vaqtini sun’iy cho‘zgani uchun ogohlantirildi.

Qaror: Ogohlantirish (qaytarilsa — jarima).


«Nasaf» – «Surxon»

«Surxon» futbolchisi Nodirxon Ne’matxonov (90+4) o‘yin vaqtini sun’iy cho‘zgani uchun sariq kartochka olgan.

Qaror: Jarima intizom chorasi.


«Andijon» – «Mash’al»

«Mash’al» futbolchisi Ibrohim G‘anixonov 12-daqiqada raqibga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka olgan.

Qaror: 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya.


U-21 chempionati

Bir qator uchrashuvlarda hakam qarorlariga e’tiroz bildirgan futbolchilarga sariq kartochkalar ko‘rsatildi:

  • «Qizilqum U21» – OKMK U21: Elbekjon Yo‘lchiyev
  • «Buxoro U21» – «Dinamo U21»: Behruzbek Oblaqulov
  • «Andijon U21» – «Mash’al U21»: Ahror Murodov
  • «So‘g‘diyona U21» – «Paxtakor U21»: Jamshidbek Rustamov
  • «Nasaf U21» – «Surxon U21»: Kamronbek Ergashev

Qaror: Jarima intizom choralari.


O‘zbekiston Kubogi

«Guliston» – «Sonyc X»

  • Asilbek Umirzoqov hakamni haqorat qilgani uchun qizil kartochka oldi.
  • Murabbiy Abbosbek Maxsitaliyev texnik zonani tark etgani uchun chetlatildi.

Qaror: Maxsitaliyev — 2 o‘yinga diskvalifikasiya.

«Jizzax FA» – «Havokand»

  • Shaxboz Rustamov qo‘pol o‘yin uchun qizil kartochka oldi.

Qaror: 2 o‘yinga diskvalifikasiya.

«Oqtepa» – «Havokand»

  • Salohiddin Musayev raqibga bosh bilan zarba bergani uchun qizil kartochka oldi.

Qaror: 3 o‘yinga diskvalifikasiya.

Shuningdek, «Havokand» klubi rasmiysi uchrashuv qaydnomasiga kelmagan shifokorni kiritib, komissarni aldashga uringani aniqlandi.

Qaror: Klubga jarima intizomiy jazosi qo‘llansin.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:23, 04.04.2026.
O'qildi: 127 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик