Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kamoliddin Tojiyev: "Barchaga o‘yin amaliyoti beriladi"

Kamoliddin Tojiyev: "Barchaga o‘yin amaliyoti beriladi"

Baho:
+ | -

OKMK bilan bahsdan so‘ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida qatnashdi.

"O‘yinni yaxshi boshladik. Birinchi bo‘limda bir necha golli vaziyatlar yaratdik va yigitlar juda yaxshi harakat qilishdi. Ikkita gol bilan tanaffusga yo‘l oldik. Keyin bo‘lim boshida to‘p o‘tkazdik. Shundan keyin shiddatli daqiqalarda oradagi farqni yana oshira oldik. O‘yin oxirida charchoq sezildi. 10 nafar futbolchimiz terma jamoalar yig‘inidan qaytdi.

Tarkibdagi barcha o‘yinchida imkoniyat bo‘ladi. Har bir futbolchini yaxshi holatga olib chiqishga urinamiz. O‘yin amaliyoti hammaga beriladi. Nasrullayev o‘ziga yuklatilgan vazifani yaxshi uddalayapti. U ko‘p marta hujumlarga qo‘shildi va sheriklariga golli imkoniyatlar yaratib berdi. Jamoaviy harakatlar ustida ishlashda davom etamiz", — dedi Tojiyev.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 23:31, 04.04.2026.
O'qildi: 757 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик