Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 4-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 1-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Javohir Sindarov: «Pozisiya barqaror edi, lekin imkoniyat topilgach bosimni oshirdim»

Javohir Sindarov: «Pozisiya barqaror edi, lekin imkoniyat topilgach bosimni oshirdim»

Baho:
+1 | -

Nomzodlar turniri 6-turidan so‘ng Javohir Sindarov Vey Yi ustidan qozongan g‘alabasini batafsil sharhlab berdi.

Uning aytishicha, partiya murakkab va ikki tomon uchun ham xavfli bo‘lgan:

“Boshlanishida pozisiya yomon emas edi, lekin bir payt biroz noqulay bo‘la boshladi. Keyin fil d4'ga kelgach, o‘yinim ochildi. Shu bilan birga vaqt ustunligi ham paydo bo‘ldi va asta-sekin bosim qilishni boshladim”.

Sindarov o‘yinning muhim jihatlaridan biri — vaqt omili ekanini yana bir bor ta’kidladi:

“Agar vaqt ko‘p bo‘lsa, o‘zingni ancha dadil his qilasan. Kichik taktik detallarni o‘tkazib yubormaslik juda muhim. Shuning uchun vaqt ustunligi bo‘lsa, tezroq o‘ynayman, lekin hammasini tekshirib boraman”.

U debyut bosqichi haqida ham qiziqarli fikr bildirdi:

“4-yurishdan keyin men deyarli tayyorgarlikdan chiqdim. Bu variantni aniq tayyorlamagandim. a3 yurishi men uchun kutilmagan bo‘ldi, lekin pozisiya juda yomon emas — o‘ynasa bo‘ladigan edi”.

Dinamik pozisiyalar uning uslubiga mos kelishini ham yashirmadi:

“Men dinamik o‘yinlarni yoqtiraman. Ikkala tomon uchun ham g‘alabaga imkoniyatlar bo‘lgan pozisiyalarda o‘ynashdan zavq olaman”.

Sindarov hatto durang natijani ham yomon deb hisoblamaganini aytdi:

“Agar raqib juda aniq himoyalansa, durang ham yomon natija bo‘lmasdi. Lekin seytnotda u kichik xatolarga yo‘l qo‘ydi va men ularni aniq ishlata oldim”.

Turnir davomida qanday yondashuvni tanlagani haqida esa u shunday dedi:

“Bu mening birinchi Nomzodlar turnirim, albatta juda muhim turnir. Lekin ortiqcha bosim bo‘lsa, o‘ynash qiyinlashadi. Shuning uchun shunchaki oddiy shaxmat o‘ynashga harakat qilyapman”.

O‘ziga bo‘lgan ishonch haqida esa u juda muhim fikr bildirdi:

“Agar turnir oldidan yaxshi tayyorlansam, o‘zimga ishonaman. Qiyin pozisiyalarda ham to‘g‘ri yurishlarni topa olishimga ishonch bo‘ladi”.

Yakunda u yana bir muhim jihatni ta’kidladi:

“Bu vaqt nazoratida o‘ynashni ham endi o‘rganyapman. Hali ko‘p narsani o‘rganishim kerak, lekin hozircha hammasi yaxshi ketmoqda”.

Endi ertaga 1-davraning oxirgi o‘yini Anish Giriga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Manba: https://t.me/uzchesss
Kiritildi: 23:56, 04.04.2026.
O'qildi: 1230 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик