Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Liga 1. «Lill» o‘z maydonida «Lans»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Liga 1. «Lill» o‘z maydonida «Lans»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Fransiya Liga 1 musobaqasining 2025/2026 yilgi mavsumi 28-turidan o‘rin olgan «Lill» va «Lans» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. O‘yin Vilnyov-d'Askdagi (Fransiya) «Dekatlon Arena — Pyer-Morua» stadionida bo‘lib o‘tdi. Bahsni bosh hakam Fransua Leteksye boshqarib bordi. O‘yin mezbonlarning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.

Uchrashuvdagi ilk golni birinchi bo‘lim yakunida, 44-daqiqada «Lill» yarim himoyachisi Xakon-Arnar Xaraldsson kiritdi. Ikkinchi bo‘limning 49-daqiqasida xavbek Felish Korreya mezbonlarning ustunligini oshirdi. 58-daqiqada esa hujumchi Matias Fernandes hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

Fransiya chempionatining 28 ta turidan so‘ng «Lans» 59 ochko jamg‘ardi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa «PSJ»dan to‘rt ochkoga ortda qolmoqda. «Lill» esa 50 ochko bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:17, 05.04.2026.
O'qildi: 832 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик