Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

«Arsenal» Angliya Kubogini tark etdi va «trebl» qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

«Arsenal» Angliya Kubogini tark etdi va «trebl» qilish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Arsenal» ushbu mavsumda «trebl» qayd eta olmaydigan bo‘ldi.

Bugun Mikel Arteta shogirdlari Angliya Kubogi chorak finalida «Sautgempton»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etishdi. Shu tariqa, endilikda jamoa bir mavsumda ikkitadan ortiq sovrinni qo‘lga kirita olmaydi.

Ta’kidlash joizki, «to‘pchilar»ning bundan oldingi o‘yini Angliya Liga Kubogi finali edi — unda londonliklar «Manchester Siti»ga (0:2) mag‘lub bo‘lishgandi.

Premyer-liga turnir jadvalida «Arsenal» 31 ta o‘yindan so‘ng 70 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular bitta kam o‘yin o‘tkazgan «Manchester Siti»dan 9 ochkoga oldinda bormoqda.

Chempionlar Ligasi chorak finalida London klubi «Sporting» bilan to‘qnash keladi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 7 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 02:28, 05.04.2026.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик