Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Levandovski «Barselona»ga g‘alaba keltirdi — Flik uning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Levandovski «Barselona»ga g‘alaba keltirdi — Flik uning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

Robert Levandovskining o‘yin yakunida yo‘llagan aniq zarbasi «Barselona»ga La Liga doirasida Madridning «Atletiko» klubi ustidan g‘alaba keltirdi (2:1).

Polyak futbolchisi 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va 87-daqiqada «matraschilar» darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

«Men Levandovskidan va boshqa barcha futbolchilardan juda mamnunman. Uning kelajagimi? Bu haqda gapirishga hali erta. Oldinda chempionatning yana sakkizta o‘yini bor», – deya «Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flikning so‘zlarini keltirmoqda Barca Universal.

37 yoshli hujumchining «ko‘k-anorranglilar» bilan shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga yetadi. Mish-mishlarga ko‘ra, Kataloniya klubi forvardga maoshi sezilarli darajada kamaytirilgan yangi kelishuv taklif qilish niyatida.

Kiritildi: 12:21, 05.04.2026.
O'qildi: 530 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик