Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Sautgempton» ustozi: «Biz har qanday uslubda g‘alaba qozona olishimizni isbotladik»

«Sautgempton» ustozi: «Biz har qanday uslubda g‘alaba qozona olishimizni isbotladik»

Baho:
+ | -

«Sautgempton» bosh murabbiyi Tonda Ekkert Angliya Kubogi chorak finalida Londonning «Arsenal» jamoasi ustidan qozonilgan kutilmagan g‘alabadan (2:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«Avliyolar» Shey Charlzning 85-daqiqada kiritgan goli evaziga Premyer-liganing amaldagi peshqadamini mag‘lub etishdi.

«Bu o‘ziga xos oqshom. Bizni nima kutayotganini bilardik, ammo ayrim vaziyatlarda to‘pga egalik qilishni uddaladik. Bunday raqibga qarshi bahsda bu juda qadrli. O‘ylaymanki, to‘liq 90 daqiqalik harakatlarimizdan kelib chiqib, g‘alabaga loyiq edik.

Har bir o‘yin — alohida tarix: ba’zida to‘pga 70% egalik qilib g‘alaba yo‘lini topish kerak, ba’zida esa tezkor o‘tishlar va standart vaziyatlarga urg‘u berish to‘g‘ri bo‘ladi. Biz turli uslublarda g‘alaba qozona olishimizni isbotladik», — deya 33 yoshli mutaxassis so‘zlaridan iqtibos keltiradi BBC.

«Sautgempton» ayni damda Chempionship turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 12:28, 05.04.2026.
O'qildi: 475 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик