Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi
22/07 20:00 Mash’al - Nasaf
22/07 20:00 Lokomotiv - Andijon
22/07 20:00 Qo‘qon-1912 - OKMK

«Manchester Siti» Pepdan aniq javob kutmoqda

«Manchester Siti» Pepdan aniq javob kutmoqda

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning kelajagi mavhumligicha qolmoqda.

So‘nggi vaqtlarda matbuotda ispaniyalik mutaxassisning joriy mavsum yakunida — shartnoma muddati tugashiga bir yil qolganda jamoani tark etishi haqidagi gap-so‘zlar tobora avj olmoqda.

Jurnalist Ben Jeykobsning ma’lumotlariga ko‘ra, «shaharliklar» rahbariyati Gvardiolaga iltimos bilan murojaat qilgan: klub bosh murabbiydan vaziyatga oydinlik kiritishni va amaldagi shartnoma muddati oxirigacha ishlash niyatida yoki yo‘qligi bo‘yicha aniq javob berishni so‘ragan.

Qayd etilishicha, murabbiyning kelajagi bilan bog‘liq noaniqlik «Siti»ga yaqin oradagi transferlarni rejalashtirishda xalaqit bermoqda. Klubda xotirjamlik saqlanib qolgan bo‘lsa-da, yaqin orada Pepdan aniq bir to‘xtamni eshitishga umid qilishmoqda.

Kiritildi: 13:38, 05.04.2026.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик