Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

«Manchester Yunayted» yozda katta sotuvlarni amalga oshiradi

«Manchester Yunayted» yozda katta sotuvlarni amalga oshiradi

Baho:
+ | -

Manbalarning xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted»ning asosiy egalaridan biri Djim Retkliff yozgi transfer oynasida futbolchilarni ommaviy ravishda sotib yuborishni talab qilmoqda. Ta’kidlanishicha, Retkliff davrida barqaror moliyaviy modelga ustuvorlik berilmoqda, shu sababli klub hozir va shu yerda natija bermayotgan, yuqori maosh oluvchi o‘yinchilardan voz kechmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoani sakkizdan ortiq futbolchi tark etishi mumkin. Ular qatorida Markus Rashford, Joshua Zirkzee, Manuel Ugarte, Andre Onana va Rasmus Xoylund nomlari tilga olinmoqda. Bundan tashqari, Kazemiro jamoadan ketishi aniq, shuningdek, Jeydon Sancho va Tayrell Malasiya bilan xayrlashish ehtimoli ham juda yuqori.

Retkliff ushbu sotuvlardan kamida 100 million funt ishlab olishni rejalashtirgan. Hozirda «Manchester Yunayted» APLda uchinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam «Arsenal»dan 15 ochko orqada qolmoqda.

Kiritildi: 15:44, 05.04.2026.
O'qildi: 1510 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик