Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

Jahon toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov birinchi davrani 1-o‘rinda yakunladi

Jahon toji uchun talabgorlar turniri. Javohir Sindarov birinchi davrani 1-o‘rinda yakunladi

Baho:
+1 | -

Kiprda o‘tkazilayotgan shaxmat bo‘yicha 2026-yilgi Talabgorlar turniri o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindarov uchun muvaffaqiyatli davom etmoqda. Musobaqaning birinchi davrasini (7-tur) yakunlab bergan bahsda o‘zbekistonlik sportchi niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynadi. Ushbu natija Sindorovga 6 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.

Hamyurtimiz partiya o‘rtasida kichik ustunlikni qo‘lga kiritdi. Ammo 41-yurishda Sindarov raqib piyodasini urib olganidan keyin vaziyat tenglashib qoldi. Shundan so‘ng Anish Giri aniq yurishlar orqali durangni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Kechagi bahslar orasida faqat Vey-Yi g‘alaba qozondi (Esipenko ustidan). Fabiano Karuana esa Pragnanadhaga qarshi qora donalarda durang qayd etdi.

Sindarov birinchi davradan so‘ng 6,0 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Karuana hisobida 4,5 ochko bor. Giri va Rameshbabu 3,5 ochko bilan 3-4-o‘rinlarni band etgan.



O‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida ilk bor Talabgorlar turnirida qatnashayotgan Javohir Sindorov musobaqani mag‘lubiyatsiz davom ettirmoqda. U ortda qolgan turlarda Andrey Yesipenko, Rameshbabu Pragnanandha, Fabiano Karuana, Hikaru Nakamura va Vey I kabi jahonning eng kuchli shaxmatchilari ustidan g‘alaba qozondi. Faqatgina Mattias Blubaum va Anish Giri bilan bo‘lgan bahslarda murosaga kelindi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprelga qadar davom etadigan ushbu turnir g‘olibi amaldagi jahon chempioni, hindistonlik Gukesh Dommarajuga qarshi shaxmat toji uchun kechadigan bahsda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. 700 ming AQSH dollari miqdoridagi sovrin jamg‘armasiga ega musobaqa ikki davra (14 tur)dan iborat bo‘lib, ikkinchi davra bahslari 7 aprel sanasida start oladi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 06:25, 06.04.2026.
O'qildi: 1828 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик