Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ronaldinyo Lamin Yamal haqida: «10-raqam ishonchli qo‘llarda»

Ronaldinyo Lamin Yamal haqida: «10-raqam ishonchli qo‘llarda»

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi va Kataloniyaning «Barselona» klubi sobiq futbolchisi Ronaldinyo «ko‘k-anorranglilar»ning 18 yoshli vingeri Lamin Yamal ko‘rsatayotgan o‘yin darajasi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Lamin hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi. U bunday yosh bo‘lishiga qaramay, aql bovar qilmaydigan o‘yin namoyish etmoqda. O‘ylaymanki, 10-raqam ishonchli qo‘llarda. «Barsa» hamon dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lib qolmoqda», — deya afsonaviy braziliyalikning so‘zlarini keltirmoqda Ole nashri.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yamal «Oltin to‘p» so‘rovnomasida ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

Joriy mavsumda ispaniyalik vinger 41 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Lamin o‘z hisobiga 21 ta gol va 15 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 12:00, 06.04.2026.
O'qildi: 826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик