Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Gnabri Mbappe va Vinisiusning darajasini baholadi

Gnabri Mbappe va Vinisiusning darajasini baholadi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Serj Gnabri Madridning «Real» klubiga qarshi o‘yin oldidan Kilian Mbappe va Vinisius Juniorning o‘yinlari haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

Jamoalar Chempionlar Ligasi chorak finalida to‘qnash kelishadi. Dastlabki uchrashuv seshanba kuni «Santyago Bernabeu» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Mbappe va Vinisius — eng kuchli futbolchilar, bu borada gapirishga hojat yo‘q. «Real» juda sifatli tarkibga ega. Bu, ayniqsa, hujum chizig‘iga tegishli, lekin himoyada ham, albatta, shunday. Shubhasiz, Mbappe va Vinisius ajralib turishadi, ammo so‘nggi paytlarda Braim Dias ham o‘zini juda yaxshi ko‘rsatmoqda.

Biz ehtiyotkor bo‘lishimiz va ularga xohlagan ishlarini qilishlariga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Nimalarga qodirligimizni ko‘rsatishimiz, jamoaviy ruhimizni namoyish etishimiz lozim. Shu bilan birga, mening fikrimcha, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatish juda muhim — bizning ham o‘z kuchli tomonlarimiz bor», — deya «Diario AS» Gnabrining so‘zlarini keltirmoqda.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Javob uchrashuvi 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:48, 06.04.2026.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик