Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yil qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

FIFA prezidenti Janni Infantino 2025 yil qancha daromad qilgani ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

FIFA prezidenti Janni Infantinoning 2025 yildagi ish haqi soliqlar chegirilguniga qadar 4,8 million shveysariya frankini (taxminan 5,2 million yevro) tashkil etdi. Bu haqda tashkilotning 30 aprel kuni Vankuverda bo‘lib o‘tadigan kongressi uchun tayyorlangan rasmiy hujjatlarida ma’lum qilingan.

Infantinoning jami daromadi 2,6 million frank miqdoridagi asosiy maosh hamda 2,2 million frank (2,38 mln yevro) miqdoridagi bonuslardan shakllangan. Qayd etish joizki, 2024 yilda prezidentning umumiy daromadi 4,25 million frankni (4,6 mln yevro) tashkil etgan edi, ya’ni bir yil ichida uning maoshi sezilarli darajada oshgan.

Shuningdek, hujjatlarda boshqa rahbarlarning ham daromadlari ochiqlangan. FIFA bosh kotibi Mattias Grafstryom soliqlargacha 2,4 million frank (2,6 mln yevro) ishlab topgan bo‘lsa, tashkilot vise-prezidentlariga 300 ming dollar, kengash a’zolariga esa 250 ming dollardan yillik kompensasiya to‘langan. Ayrim kengash a’zolari ushbu to‘lovlardan ixtiyoriy ravishda to‘liq yoki qisman voz kechishgani ta’kidlangan.

Ma’lumot uchun, 56 yoshli Janni Infantino 2016 yilda Yozef Blatter lavozimidan muddatidan oldin ketganidan so‘ng FIFA rahbarligiga kelgan edi. Shveysariya va Italiya fuqaroligiga ega bo‘lgan funksioner 2019 va 2023 yillarda qayta saylangan. Ungacha esa u 2009-yildan buyon UYEFA bosh kotibi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:31, 06.04.2026.
O'qildi: 2267 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик