Enso Fernandes «Chelsi»ni tark etishni rejalashtirmayapti.
Jurnalist Veronika Brunatining yozishicha, futbolchiga yaqin manbalar uning ustuvor maqsadi London klubida qolish ekanligini ta’kidlamoqda. Hozirda tomonlar yangi shartnoma imzolash bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.
Qayd etilishicha, klub va yarim himoyachi nafaqat kelishuvni uzaytirish, balki Fernandesning jamoadagi roli va ahamiyatiga mos ravishda maoshini oshirishni ham muhokama qilmoqda. Shu bilan birga, futbolchiga Yevropaning bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda.
Shuningdek, Ensoning jamoadoshlari bosh murabbiy Liem Rosenyordan argentinalik futbolchiga nisbatan qo‘llangan chetlatishni (diskvalifikasiyani) avval rejalashtirilganidek bekor qilishni so‘rashgani aytilmoqda.













