Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Komiljon Tojidinov: "Xudo xohlasa, bu hali boshlanishi"

Komiljon Tojidinov: "Xudo xohlasa, bu hali boshlanishi"

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, PRO-Liga yangi mavsumi start oldi. Kuni kecha "Metallurg" Qo‘qonda 1-tur doirasidagi «Yaypan»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazdi. Qiziqarli kechgan bahsda «Metallurg» irodali g‘alabaga erishdi — 2:1.

Bekobodliklarning mavsumdagi ilk goliga Komiljon Tojidinov mualliflik qildi. Yarim himoyachi jarima maydonchasiga kirib o‘tirmay, kuchli va aniq zarbasi bilan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘z navbatida, biz futbolchi taassurotlari bilan qiziqdik.

"Birinchi navbatda g‘alaba qozonganimizdan juda xursandman. Mavsumning birinchi o‘yini deyarli hech qachon oson o‘tmaydi. Ustiga-ustak safarda o‘ynadik. «Yaypan» ham bizga qarshi o‘zini ko‘rsatishga harakat qildi. Ayniqsa birinchi bo‘limda ular yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Men hisobni tenglashtirgan vaziyatda ko‘pchilik bo‘lib raqib himoyasiga bosim uyushtirdik va to‘pni egallab olishim bilan holatga baho berdim, imkoniyat bor edi va gol ura olishimga ishondim, zarba berdim va gol urdim. Albatta, juda xursandman. Ammo xudo xohlasa, bu hali boshlanishi. Bitta gol bilan to‘xtab qolish niyatim yo‘q. Jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishni istayman.

Nisbatan qisqa fursatda mavsumga tayyorlandik. Menimcha, yomon jamoa jamlanmagan. Ilhom aka men uchun O‘zbekistondagi eng mahoratli murabbiylardan biri va bu jamoamizning yana bir ustun jihati. Tanaffus vaqtida aynan murabbiylarning ko‘rsatmalaridan keyin o‘yinimiz o‘zgardi va maydonda nazoratni o‘z qo‘limizga oldik.

Gol urishimizga va g‘alabaga barchamizda ishonch bor edi. Aynan mana shu narsa juda muhim deb o‘ylayman. Sababi oldimizga ligada chempion bo‘lish vazifasi qo‘yilgan. Shunday ekan har bir uchrashuvda g‘alaba uchun maydonga tushamiz.

Uzoq yo‘l bosib bizni Qo‘qondagi stadionda qo‘llab turgan muxlislarga ham rahmat demoqchiman. Futbolchi uchun bu yoqimli holat. Keyingi turlarni o‘z maydonimizda o‘tkazamiz va menimcha, stadionda boshqacha atmosfera bo‘ladi. Axir Bekobodga katta futbol qaytmoqda. Keyingi uchrashuvlarda ham ularni xursand qilishga harakat qilamiz".

Manba: https://t.me/metallurguz
Kiritildi: 23:19, 07.04.2026.
O'qildi: 1144 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик