Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Bu biz ko‘rishni istaydigan Mbappe». Arbeloa – «Bavariya»ga qarshi o‘yin haqida

«Bu biz ko‘rishni istaydigan Mbappe». Arbeloa – «Bavariya»ga qarshi o‘yin haqida

Baho:
+ | -

Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Chempionlar ligasi 2025/2026 mavsumi chorak finali ilk uchrashuvida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda (1:2) hujumchi Kilian Mbappening harakatlari haqida fikr bildirdi.

«U o‘yinga juda yuqori darajada e’tibor qaratdi, doimo raqib darvozasiga xavf soldi. Bu — biz ko‘rishni istaydigan Mbappe, u har kuni aynan shunday bo‘lishni xohlaydi», — dedi Arbeloa.

Joriy mavsumda Kilian Mbappe Chempionlar ligasida 10 ta o‘yinda ishtirok etib, 14 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘lgan.

"Bavariya" hamda "Real Madrid" o‘rtasidagi javob uchrashuvi 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. O‘yin "Myunxen arena" stadionida o‘tkaziladi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:39, 08.04.2026.
O'qildi: 1381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик