Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

Prevyu. "Neftchi" - "Paxtakor"

Baho:
+ | -

Superliganing 6-tur o‘yinida muxlislar o‘zbekcha mumtoz to‘qnashuv guvohi bo‘lishadi.

Jamoalar chempionatlar tarixida 62 o‘yin o‘tkazishgan. Ustunlik "Paxtakor" tarafida - 30 g‘alaba, 10 durang va 22 mag‘lubiyat. Raqib darvozasiga 103 to‘p kiritgan "Sherlar", 71 to‘p o‘tkazib yuborishgan. Farg‘onadagi bellashuvlarning 16tasida "Neftchi" ustun kelgan bo‘lsa, 8 bahsda Toshkent jamoasi g‘alaba qozongan. Yetti o‘yin durang bilan tugagan. "Paxtakor" 11 bor raqibni yirik hisobda dog‘da qoldirishga erishgan bo‘lsa, "Neftchi"da bunday g‘alabalar soni uchtani tashkil qiladi

"Paxtakor"ning eng yirik g‘alabasi 6:0, "Neftchi"da esa 4:0 hisoblanadi. Rustam Do‘rmonov o‘zaro uchrashuvlarda 12 to‘p kiritgan. Shuhrat Maqsudov va Temur Kapadze  har ikki jamoa tarkibida gol urgan o‘yinchilar sanaladi.

"Neftchi" va "Paxtakor" o‘rtasidagi to‘qnashuv 9 aprel, payshanba kuni Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida soat 19:00da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 14:36, 08.04.2026.
O'qildi: 851 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик