Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Anvar G‘ofurov: «OKMKning egallab turgan o‘rnini tasodif deb hisoblayman»

Anvar G‘ofurov: «OKMKning egallab turgan o‘rnini tasodif deb hisoblayman»

Baho:
+ | -

"Surxon" bosh murabbiyi Anvar G‘ofurov Superliganing 6-turi doirasida bo‘lib o‘tgan OKMKga qarshi o‘yin (1:1) borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— Bugungi raqibimiz egallab turgan o‘rnini tasodif deb hisoblayman, shu bois bu fikrni futbolchilarga alohida ta’kidlab, o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgan edik.

— Bugungi o‘yin haqida fikrlaringiz?
— Assalomu alaykum. Qiyin o‘yin bo‘lishini oldindan kutgandik. Bu haqda yigitlar bilan ham gaplashgan edik. Sababi, raqibimiz hozirgi o‘rnida emas — ular aslida turnir jadvalining yuqori pog‘onalarida bo‘lishi kerak bo‘lgan jamoa. Shu bois ularning bugungi o‘rni ma’lum ma’noda tasodif, deb hisoblayman. Bu fikrni futbolchilarga ham alohida ta’kidlab, o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik.

— Siz OKMKning hozirgi jadvaldagi o‘rnini tasodif deb baholadingiz. Bugungi o‘yin esa buning aksi bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmadimi?
— Bu savolga aniq javob bor: haqiqatni maydon ko‘rsatadi. Lekin bizning ham o‘z reja va maqsadlarimiz bor. Jamoa sifatida doimiy ishlayapmiz va har bir o‘yinga yuqori maqsadlar bilan chiqamiz.

— Jamoaga kelganingizdan so‘ng natijalar ijobiy tomonga o‘zgardi. Bugungi o‘yinda ham g‘alabali seriyani davom ettirish niyati bo‘lgan edi, shundaymi?
— Albatta, har bir o‘yinga ijobiy natijalar seriyasini davom ettirish niyati bilan chiqamiz. Ammo futbol shunday o‘yin — har doim ham rejalar to‘liq amalga oshavermaydi. Raqib ham jiddiy qarshilik ko‘rsatadi. Bugungi uchrashuvda yigitlar oxirigacha kurash olib borishdi va so‘nggi daqiqalarda gol urib, durang natijani qayd etishdi. Eng muhimi, jamoa mag‘lubiyatdan qutulib qolib, irodali o‘yin namoyish etdi.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 06:43, 09.04.2026.
O'qildi: 813 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик