Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Ulug‘bek Baqoyev: «Gol urishimiz mumkin edi, lekin foydalana olmadik»

Ulug‘bek Baqoyev: «Gol urishimiz mumkin edi, lekin foydalana olmadik»

Baho:
+ | -

«Dinamo» — «So‘g‘diyona» bahsidan so‘ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug‘bek Baqoyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

— O‘yin haqida fikringiz?
— «Dinamo»ni yaxshi bilamiz va o‘yindan oldin raqibni o‘rgangandik. Samarqandda yaxshi jamoa bor, ijrochilari ham mahoratli. Birinchi taymda biz uch-to‘rtta vaziyat yaratdik. Gol urishimiz mumkin edi, lekin foydalana olmadik. Ikkinchi taymda to‘p kiritdik, hammasi joyida edi. Ammo qandaydir ikki-uch daqiqa ichida ikkita gol o‘tkazib yubordik. O‘sha vaziyatda o‘chib qoldik shekilli, nima bo‘lganini tushunmadim. «Dinamo» yakunda maqsadiga erishib g‘alaba qozondi, bu bilan raqibni tabriklayman. Vadim Karlenovich bilan munosabatimiz yaxshi, gaplashib turamiz. Futbol shunday o‘yin: kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Futbolchilarga o‘yin uchun rahmat aytaman, hech kimga e’tirozim yo‘q. Endi keyingi bahsga hozirlik ko‘ramiz.

— Jamoani yaqinda qabul qilib oldingiz va yuqoriga ko‘tarishga harakat qilyapsiz. Jamoangiz bugun yaxshi o‘yin namoyish etishga harakat qildi, tarkib ham yomon emas. Lekin birinchi navbatda himoya chizig‘ini kuchaytirish kerak deb hisoblaysizmi?

— Mana siz yaxshi jamoa deyyapsiz. Men hech kimning manziliga qarata gapirmoqchi emasman, lekin faktlar hammasini aytib turibdi. Raqamlar himoya chizig‘ining hozirgi holatini ham belgilab beryapti. Nimaiki bor bo‘lsa, shundan foydalanamiz. Kamchiliklar ustida ishlaymiz, jamoamizda o‘sish bor. Bugun biz raqibga qaraganda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, faqat vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi. Ko‘plab golli vaziyatlar bo‘ldi, bu degani to‘g‘ri yo‘ldamiz. Bu — futbol, hamma xato qiladi. Aytib o‘tganimdek, hech kimni muhokama qilmoqchi emasman. Vaqt o‘tishi bilan jamoamizda nimalar o‘zgarishini ko‘ramiz.

— Ko‘pchilik Lyupcho Doriyevni chempionatimizning eng yaxshi futbolchisi deb biladi. Har holda buni u o‘tgan yilgi o‘yinlari bilan isbotladi. Ammo ko‘pchilik uni “Boshkovichning futbolchisi” deyyapti. Bu sizga qanday ta’sir qiladi? U bilan ishlash qanday ketyapti?

— Doriyev yaxshi sifatga ega futbolchi, u inson sifatida ham yaxshi. Boshqalar qatori uni ham hurmat qilaman. O‘zaro munosabatimiz sekin-asta iliqlashib boryapti. Yaxshi futbolchi qaysi murabbiy bilan ishlamasin, chiroyli o‘yin ko‘rsatishi og‘ir kechadi. Chunki raqib uni o‘rganadi, futbolchilar yopishga harakat qiladi. Nimadir o‘xshaydi, nimadir yo‘q. Bugun unda ham ikkita vaziyat bo‘ldi: birinchisida darvozabon qutqardi, ikkinchisida himoyachi yaxshi harakat qildi. Har o‘yinda bir xil harakat qilish oson emas.

Manba: https://t.me/pfcsogdianauz
Kiritildi: 06:51, 09.04.2026.
O'qildi: 805 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик