Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"PSJ" darvozaboni: "Kiyinish xonamizda faqat g‘alaba haqida o‘ylashmoqda"

"PSJ" darvozaboni: "Kiyinish xonamizda faqat g‘alaba haqida o‘ylashmoqda"

Baho:
+ | -

"PSJ" darvozaboni Matvey Safonov Chempionlar ligasi chorak finali doirasida "Liverpul" ustidan qozonilgan g‘alabali o‘yindan (2:0) so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.

Parijliklar darvoza tomon 18 ta zarba yo‘llashdi, mehmonlar esa bunga atigi uchta urinish bilan javob qaytarishdi. Rossiyalik posbon jamoani qutqarishiga hojat qolmadi — "qizillar" darvoza sohasiga birorta ham aniq zarba bera olishmadi.

"Biz Liverpulda ham g‘alaba qozonishni istaymiz — kiyinish xonamizda aynan shunday kayfiyat hukmron. Biz tayyor bo‘lamiz. Bugungi o‘yindan mamnunman, chunki "Liverpul"ning hujumda ishlari unchalik yurishmadi, shu bilan birga, javob uchrashuvida bunday bo‘lishi amrimahol ekanini tushunib turibman. Bugun muhit ajoyib edi — muxlislarimiz bizni dahshatli tarzda qo‘llab-quvvatlashdi", – dedi Safonov "PSJ" klub telekanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 10:51, 09.04.2026.
O'qildi: 478 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик