Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» hujumchisi APLga yo‘l olishi mumkin

«Real» hujumchisi APLga yo‘l olishi mumkin

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi hujumchisi Gonsalo Garsiya Angliya Premyer-ligasi vakillarining qiziqishlari doirasida qolmoqda.

«Nyukasl» 22 yoshli futbolchini o‘z transfer maqsadi sifatida belgilab oldi, deb xabar bermoqda jurnalist Grem Beyli. «Qarg‘alar» hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda va kelayotgan mavsumlar oralig‘ida «qaymoqranglilar»ga ispaniyalik futbolchi bo‘yicha taklif bilan chiqishlari mumkin.

Gonsalo Garsiya «Real» asosiy tarkibiga kamdan-kam hollarda kiritiladi — u Kilian Mbappening o‘rinbosari sifatida ko‘rilmoqda. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, yosh hujumchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi. O‘yinchining «qirollik klubi» bilan shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:23, 09.04.2026.
O'qildi: 2731 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик