Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya - Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

«Barselona» YECHLda antirekord o‘rnatdi

«Barselona» YECHLda antirekord o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Barselona» Chempionlar ligasining muhim o‘yinida navbatdagi bor bir kishi kam bo‘lib qoldi.

Bu galgi holat «Atletiko Madrid»ga qarshi chorak final bahsida yuz berdi: Pau Kubarsi 44-daqiqada to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi va o‘n kishi bo‘lib qolgan kataloniyaliklar raqibga qarshilik ko‘rsata olishmadi — 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat qayd etildi.

Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi o‘nta mavsum davomida «Barselona» futbolchilari Chempionlar ligasi bahslarida 12 marta maydondan chetlatilgan — bu ushbu davr mobaynida turnirdagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ikkinchi o‘rinda sakkizta qizil kartochka bilan «Bavariya» bormoqda.

Xans-Diter Flik jamoasining «matraschilar»ga qarshi javob bahsi kelasi seshanba, 14 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 10:31, 10.04.2026.
O'qildi: 758 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик