Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

O‘zPFL: «Bobur arena», «Qo‘qon markaziy» stadioni suxandonlari rasman ogohlantiriladi

O‘zPFL: «Bobur arena», «Qo‘qon markaziy» stadioni suxandonlari rasman ogohlantiriladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Stadion suxandonligi mas’uliyatli kasb hisoblanadi. Liga respublikaning turli hududlarida bir necha yillardan buyon fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgan suxandonlarimiz mehnatini qadrlaydi.

Liga o‘z musobaqalari uchun infoteynment dasturiga ega bo‘lib, unda belgilab berilgan normalarga qat’iy rioya qilishni talab qiladi. Komissarlar bir necha bor ogohlantirganiga qaramay, xususan, «Bobur arena», «Qo‘qon markaziy» stadionlarida faoliyat olib borayotgan ustoz suxandonlar infoteynment qoidalariga rioya qilmayotgan holatlar uchrab turibdi. Bu kabi holatlar esa tabiiy ravishda stadionga tashrif buyurayotgan futbol muxlislarining haqli e’tirozlariga sabab bo‘ladi.

Superliga reglamentining 14.15-bandida uchrashuv davomida ovoz kuchaytirgich orqali e’lon qilinadigan har qanday xabar yoki signal Komissar bilan kelishilgan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Afsuski, shunday band bo‘lishiga qaramay, mezbon futbol klublari bu masalaga yondashishda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan holatlar mavjud. Bugunga kelib har qanday uchrashuv natijasi yoki uning atrofida ro‘y berayotgan axborotni qabul qilish imkoniyatlari keng. Shunday ekan, ayni uchrashuv bilan bog‘liq bo‘lmagan, qo‘shimchasiga, Komissar bilan kelishilmay turib, mezbon klub muxlislarini to‘lqinlantirish evaziga, stadionga tashrif buyurayotgan raqib jamoa ishqibozlarini asabiylashishga majbur qiladigan e’lonlar musobaqa reglamentiga zid hisoblanadi.

Kelajakda bu kabi holatlar takrorlansa, mezbon klubga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llaniladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:02, 10.04.2026.
O'qildi: 748 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик