Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

"Arsenal" Jezusga narx belgiladi

"Arsenal" Jezusga narx belgiladi

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi bo‘lajak transfer oynasida hujumchi Gabriel Jezus bilan xayrlashishi mumkin.

Braziliyalik futbolchiga Italiyaning «Milan» va «Yuventus» klublari qiziqish bildirmoqda. Avvalroq bir necha bor xabar berilganidek, «to‘pchilar» rahbariyati joriy mavsum yakunlanganidan keyin uni qo‘yib yuborishga tayyor. Arsenal Radar nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, London grandi hujumchi uchun taxminan 30 million funt sterling (34,5 million yevro) talab qilmoqda. Taxminlarga ko‘ra, Mikel Arteta futbolchini o‘z jamoasining asosiy tarkibida ko‘rmayapti.

Aprel oyi boshida Gabriel Jezus 29 yoshini qarshiladi. Uning «Arsenal» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 17:12, 10.04.2026.
O'qildi: 774 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик