Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Kubarsi Chempionlar ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilganidan so‘ng bayonot berdi

Kubarsi Chempionlar ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda maydondan chetlatilganidan so‘ng bayonot berdi

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan «Atletiko»ga qarshi dastlabki o‘yindagi (0:2) chetlatilishidan so‘ng bayonot berdi.

«Bir lahzalik vaziyat o‘yin taqdirini hal qilishi va natijaga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Bu — futbol. Yuz bergan voqea uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olaman. Oldinda bizni hali uzoq yo‘l kutmoqda; biz hozir har qachongidan ham jipslashganmiz. Biz bir oilamiz va buni doimo isbotlab kelganmiz. Oldinga intilishda va qat’iyatda davom etamiz, biz hech qachon boshimizni egmaymiz!» — deb yozdi Kubarsi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Joriy mavsumda Pau Kubarsi «Barselona» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol muallifiga aylandi.

Kiritildi: 18:29, 10.04.2026.
O'qildi: 1079 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик