Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

De Dzerbi «Tottenxem» APLdan tushib ketmasligiga ishonchi haqidagi savolga javob berdi

De Dzerbi «Tottenxem» APLdan tushib ketmasligiga ishonchi haqidagi savolga javob berdi

Baho:
+ | -

«Tottenxem Xotspur»ning yangi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoaning Angliya Premyer ligasidagi o‘rnini saqlab qolishga yordam bera olishi haqidagi savolga javob qaytardi.

— Jamoani Premyer-ligada olib qolishingizga ishonchingiz komilmi?

— Ha. Men ular bilan ishlashni boshlashdan oldin ham futbolchilarning yaxshi yigitlar ekanini bilardim. Muxlislar xursand bo‘lishlari kerak, chunki barcha o‘yinchilar ajoyib insonlar va ular ushbu murakkab vaziyatda qiynalmoqdalar. Men buni o‘yin vaqtida ko‘rishni istayman, chunki oddiy kunlarda bu osonroq kechadi. Menimcha, maydondagi muhit o‘zgardi. O‘tgan hafta ish boshlagan paytimda ularni kuzatgandim, hozir esa sezilarli darajada ijobiy kayfiyatdaman, — deya De Dzerbining so‘zlarini keltirmoqda «Tottenxem» rasmiy sayti.

APL turnir jadvalida «shporlar» 31 turdan so‘ng 30 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turibdi. Chempionshipga tushib ketish hududidan ularni bor-yo‘g‘i bir ochko ajratib turibdi.

Kiritildi: 20:42, 10.04.2026.
O'qildi: 615 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик