Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/05 23:45 Piza - Lechche
02/05 00:00 Lids - Byornli
02/05 00:00 Jirona - Malyorka
02/05 17:00 Vilyarreal - Levante
02/05 18:00 Udineze - Torino
02/05 19:00 Vulverhempton - Sanderlend
02/05 19:00 Brentford - Vest Xem
02/05 19:00 Nyukasl - Brayton
02/05 19:15 Valensiya - Atletiko
02/05 21:00 Komo - Napoli
02/05 21:30 Arsenal - Fulhem
02/05 21:30 Alaves - Atletik Bilbao
02/05 23:45 Atalanta - Jenoa
03/05 00:00 Osasuna - Barselona

«Manchester Siti» «Sporting» sardorini 40-50 mln yevroga sotib olishi mumkin

«Manchester Siti» «Sporting» sardorini 40-50 mln yevroga sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi «Sporting»ning tayanch yarim himoyachisi va sardori Morten Yulmannga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borilayotgani yo‘q, biroq «shaharliklar» «Sporting» tomonidan futbolchining transferi bo‘yicha qo‘yilgan ayrim shartlardan xabardor. Futbolchining shartnomasida 80 mln yevro miqdorida tovon puli belgilangan bo‘lsa-da, Portugaliya jamoasi rahbariyati 40-50 mln yevro atrofidagi summa bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga tayyor.

Joriy mavsumda Yulmann barcha musobaqalarda 39 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 45 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 20:58, 10.04.2026.
O'qildi: 857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик