Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» va «Barselona» niderlandiyalik iqtidor uchun kurashadi

«Real» va «Barselona» niderlandiyalik iqtidor uchun kurashadi

Baho:
+ | -

«AZ Alkmar»ning 20 yoshli iqtidorli yarim himoyachisi Kes Smit Madridning «Real» va «Barselona» klublari e’tiboriga tushdi. Bu haqda Caught Offside nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchining o‘yinini nafaqat Ispaniya grandlari, balki Angliyaning «Nyukasl Yunayted», «Manchester Yunayted», «Arsenal» va «Liverpul» klublari ham kuzatib bormoqda. «AZ Alkmar» o‘z tarbiyalanuvchisini 45–50 million yevroga baholamoqda.

Joriy mavsumda Kes Smit barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 25 million yevro etib belgilagan.

Qayd etilishicha, Smitning o‘zi Ispaniya La Ligasida o‘ynashga ishtiyoqi baland va yoshligida Inyesta hamda Messining o‘yinlarini kuzatib, «Barselona»ga muxlislik qilganini yashirmagan.

Kiritildi: 23:17, 10.04.2026.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик