Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Ballak Lennart Karlning ahvoliga izoh berdi

Ballak Lennart Karlning ahvoliga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya»ning sobiq futbolchisi Mixael Ballak myunxenliklarning 18 yoshli yarim himoyachisi Lennart Karlning jarohatiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Germaniya grandi matbuot xizmati futbolchida sonning orqa mushagi cho‘zilishi tashxisi qo‘yilganini ma’lum qilgan edi.

«Lennart taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. Bu mushak cho‘zilishiga xos bo‘lgan oddiy holat. Aniq muddatni aytish doim qiyin, chunki bu jarayon har bir inson organizmida individual kechadi. Shuningdek, hammasi jarohat qanday olingani va tiklanish qanday kechishiga bog‘liq», — dedi Ballak DAZN DE nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda Karl barcha musobaqalarda jami 36 ta o‘yinda maydonga tushdi, 9 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 12:11, 11.04.2026.
O'qildi: 482 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик