«Liverpul» yulduzi Muhammad Saloh joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng mersisaydliklar safini tark etadi. Matbuotda afrikalik futbolchi faoliyatini Myunxenning «Bavariya» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqaldi.
Jurnalist Kristian Falk ushbu ma’lumotga munosabat bildirdi.
«Eberl Saloh transferi myunxenliklar klubida muhokama qilinmayotganini ochiq-oydin tushuntirib berdi. Bularning barchasi yolg‘on», — deya insayderning so‘zlarini keltirmoqda Teamtalk.
Eslatib o‘tamiz, Saloh 2017 yilning yozidan buyon «Liverpul» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning bozor qiymati 30 million yevroga baholangan.
Premyer-liganing joriy mavsumida Muhammad 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













