Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Laportaning bashorati amalga oshmoqda: Mbappe va Vinisius «Real»ga xalaqit beryaptimi?

Laportaning bashorati amalga oshmoqda: Mbappe va Vinisius «Real»ga xalaqit beryaptimi?

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi La Liga bahsida «Jirona»ni mag‘lub eta olmadi (1:1). So‘nggi vaqtlarda matbuotda Kilian Mbappe o‘zining yuksak individual mahoratiga qaramay, jamoani kuchaytirmayotgani, aksincha, o‘yinga disbalans olib kirayotgani haqidagi gap-so‘zlar yana avj oldi. Bu holat, ayniqsa, u Vinisius Junior bilan bir vaqtda maydonda bo‘lganida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.

Bu kabi muammolarni «Barselona» rahbari Joan Laporta oldindan ko‘ra bilgan edi. Ispaniyada kataloniyaliklar grandi prezidentining 2024 yilning mart oyida, ya’ni yulduz hujumchi Madridga kelishidan bir necha oy oldin Mbappening «Real»ga o‘tishi haqida aytgan fikrlarini yodga olishdi.

«Mbappe «Real»dami? Ularda muammolar yuzaga keladi. Ular kimnidir sotishlariga to‘g‘ri keladi, shunday emasmi? Ikki nafar muhim futbolchi bitta pozisiyada o‘ynay olmaydi. Shuningdek, bu transferdagi raqamlar kiyinish xonasidagi muhitga ham albatta ta’sir qiladi», — deya Laportaning «bashoratini» keltirmoqda Barca Universal.

Bugun «Barselona» chempionatdagi ochkolar farqini 9 tagacha yetkazib olishi mumkin.

Kiritildi: 12:37, 11.04.2026.
O'qildi: 3154 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик