Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

«Bavariya» ingliz vingeri uchun 100 million yevrodan ko‘p to‘lashi kerak bo‘ladi

«Bavariya» ingliz vingeri uchun 100 million yevrodan ko‘p to‘lashi kerak bo‘ladi

Baho:
+ | -

«Nyukasl» vingeri Entoni Gordon «Bavariya»ning qiziqishlari doirasiga tushdi.

Avvalroq ingliz futbolchisi uchun asosiy da’vogarlar sifatida mahalliy «Liverpul» va «Arsenal» klublari aytilayotgan edi, biroq myunxenliklar «zag‘izg‘onlar» yulduzi uchun Premyer-liga vakillari bilan kurashishga tayyor. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda. Futbolchining o‘zi Germaniyaga ko‘chib o‘tish g‘oyasiga ijobiy qaramoqda — uni Maykl Olisening misoli ilhomlantirmoqda.

«Nyukasl» Entoni Gordon uchun taxminan 98–111 million yevro miqdorida mablag‘ talab qilmoqda. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi Eddi Xau jamoasi safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Vingerning amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 12:39, 11.04.2026.
O'qildi: 1021 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик