Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Deku o‘z davrining eng yorqin yulduzini aytdi

Deku o‘z davrining eng yorqin yulduzini aytdi

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku qaysi futbolchining o‘yini unda eng katta taassurot qoldirganini so‘zlab berdi.

Portugaliyalik mutaxassis bu borada o‘zining sobiq jamoadoshi — bundan ikki o‘n yillik avval «ko‘k-anorranglilar» safida to‘rt yil davomida birga to‘p surgan Ronaldinyoni alohida e’tirof etdi.

«Men texnik jihatdan undan kuchliroq hech kimni ko‘rmaganman. U odamni hayratga soladigan, nutqdan mahrum qiladigan ishlarni amalga oshirardi. Ronaldinyo bilan birga o‘ynaganmanmi yoki unga qarshimi, u menda eng kuchli taassurot qoldirgan futbolchi bo‘lib qoladi. U eng ko‘p sovrin yurtgan o‘yinchi emasdir, lekin aynan u eng yorqin futbol namoyish etardi», — deya Dekuning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Eslatib o‘tamiz, braziliyalik va portugaliyalik yulduzlar 2008 yilning yozida, jamoa boshqaruviga Xosep Gvardiola kelgan vaqtda «Barsa»ni tark etishgan edi.

Kiritildi: 12:46, 11.04.2026.
O'qildi: 1071 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик