Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yarim himoyachi Jud Bellingemning o‘yini haqida nima deb o‘ylashini aytib o‘tdi.
Juma kuni ingliz futbolchisi yanvar oyi oxiridan beri ilk bor «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida maydonga tushdi, biroq jamoaning «Jirona» bilan uchrashuvdagi ochko yo‘qotishining (1:1) oldini ololmadi.
«Bellingem o‘zini yaxshi his qilmoqda. Biz uning o‘yinidan juda mamnunmiz — unda ijobiy jihatlar ko‘p bo‘ldi. Hozir u charchagan, ammo bu uning jarohatdan keyin asosiy tarkibdagi ilk o‘yini edi», — dedi Arbeloa matbuot anjumanida.
22 yoshli xavbek maydonda 64 daqiqa harakat qildi va shundan so‘ng uning o‘rniga Arda Gyuler tushdi.













