Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Tottenxem»ning asosiy o‘yinchilari klubni tark etishi mumkin

«Tottenxem»ning asosiy o‘yinchilari klubni tark etishi mumkin

Baho:
+ | -

Londonning «Tottenxem» klubining bir nechta muhim futbolchilari yozgi transfer oynasida jamoadan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

The Touchline nashriga ma’lum bo‘lishicha, o‘yinchilarning klubdan ketish haqida o‘ylayotganiga jamoaning Chempionshipga tushib ketish xavfi ostida turgani sabab bo‘lmoqda. Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Xavi Simons, Jeyms Meddison va Kudus potensial yangi klub variantlarini o‘rganayotganlar qatoriga kiradi.

Avvalroq, «Vest Xem» APLning 32-turida «Vulverxempton»ni tor-mor etib, «Tottenxem»ni ortda qoldirgan holda xavfli hududni tark etgan edi. Endilikda «shporlar» turnir jadvalida 18-o‘ringa tushib ketishdi va xavfsiz zonadan ikki ochkoga ortda qolmoqdalar, biroq ularda bitta zaxira o‘yini mavjud.

12 aprel kuni Roberto De Dzerbi shogirdlari safarda «Sanderlend» bilan to‘qnash kelishadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:50, 11.04.2026.
O'qildi: 730 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик