Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya 3-0 Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr
04/07 03:00 Argentina - Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya - Gana

Rummenigge: "Bavariya" eyforiyaga berilmasligi kerak"

Rummenigge: "Bavariya" eyforiyaga berilmasligi kerak"

Baho:
+ | -

"Bavariya" kuzatuv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge Madridning "Real" jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi javob uchrashuvi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Biz eyforiyaga berilmasligimiz kerak. Hozirda atrofda qandaydir hayajon va shov-shuvni sezyapman, ochig‘ini aytsam, bu menga yoqmayapti. "Real" Madrid ko‘p yillar davomida shu yerda, Myunxenda bizga anchagina muammolar tug‘dirgan. Shu sababli aytamanki: chorshanba kuni biz yana bir yuqori darajadagi o‘yinni o‘tkazishimiz kerak. Biz maksimal darajada e’tiborli bo‘lishimiz shart", — dedi Rummenigge DAZN DE nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalining dastlabki uchrashuvida "Bavariya" safarda "Real"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Javob o‘yini 15 aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi belgilangan.

Kiritildi: 16:29, 11.04.2026.
O'qildi: 762 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик