Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Neymar: “O‘sha lahzada o‘lib qolaman deb o‘ylagandim”

Neymar: “O‘sha lahzada o‘lib qolaman deb o‘ylagandim”

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar 2022-yili Qatarda o‘tgan Jahon chempionati chorak finalida Xorvatiyadan uchralgan mag‘lubiyatni yodga oldi. O‘shanda “pentakampeonlar” penaltilar seriyasida 4:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.

Neymar xorvatlar bilan o‘yinda beshinchi bo‘lib penalti tepishi kerak edi, biroq navbat unga yetib kelmadi. Futbolchining ta’kidlashicha, o‘sha lahzalarda u ruhan juda qattiq qiynalgan.

“Hayotim davomida har doim beshinchi penaltini tepganman. Bu eng qiyin zarba, lekin unga navbat yetmasligi ham mumkin ekan. O‘shanda go‘yo o‘lib qoladigandek edim. O‘yindan keyin mehmonxonaga qaytdik, go‘yo butun dunyo ostun-ustun bo‘lib ketgandek edi”, deya eslaydi futbolchi.

Neymar o‘sha mag‘lubiyatdan keyin oilasi bilan uchrashgan daqiqalarni hayotining eng og‘ir damlari sifatida eslashini aytdi.

“Tasavvurimda o‘z dafn marosimimni ko‘rayotgandek edim. Xuddi tobut ichida yotibman-u, hammaning ko‘zi qizargan, hamma sukutda. Odamlar menga qarab: ‘sen hali tirikmisan?’ degandek tuyulardi. Bu dahshatli tuyg‘u edi”.

Braziliya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (79 ta gol) hisoblangan Neymar JCH—2026 da ishtirok etishni maqsad qilgan. Biroq terma jamoa bosh murabbiyi Neymar borasida hali yakuniy to‘xtamga kelgani yo‘q. Sababi hujumchi 2023-yilning oktyabr oyida tizzasidan olgan og‘ir jarohati sababli uzoq vaqt maydonga tusha olmadi.

Ma’lumot uchun, besh karra jahon chempioni bo‘lgan Braziliya 2002-yildan buyon mundiallarda g‘olib chiqa olmayapti.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:26, 11.04.2026.
O'qildi: 1489 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик